16:34 / 13.07.2015
1690

Tbilisida futbol muxlislari va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv yuz berdi

Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida futbol muxlislari tartibsizlik keltirib chiqarishdi va politsiya bilan to‘qnashuv yuz berdi.
 
AP nashrida ma'lum qilinishicha, bu voqea Tbilisida o‘tkaziladigan UYeFA Superkubogi uchun chiptalar sotilishi vaqtida sodir bo‘lgan.
 
Manbaning ma'lum qilishicha, yuzlab odamlar chipta kassalari atrofini o‘rab olgan politsiyachilar qalqonini yorib o‘tishga urinishgan. Natijada politsiyaga yordam uchun maxsus bo‘linmalar chaqirishga to‘g‘ri kelgan.
 
Xabarda aytilishicha, tartibsizlik vaqtida 3 kishi jarohat olgan va shifoxonaga jo‘natilgan.
 
Ma'lumot uchun, UYeFA Superkubogi uchrashuvi 11 avgust kuni Tbilisidagi Boris Paychadze nomidagi stadionda amaldagi YeChL g‘olibi "Barselona" hamda Yevropa ligasi g‘olibi "Sevilya" jamoasi o‘rtasida o‘tkazilishi belgilangan.
 
Top