09:38 / 13.07.2015
3736

Triatlon bo‘yicha musobaqalar ishtirokchisi musobaqaning suzish qismida marraga bir necha metr qolganda vafot etdi

Rossiyaning Vladimir viloyatidagi Gus-Xrustalniy shahrida kross-kantri-triatlon bo‘yicha o‘tkazilgan “Barinova rosha-2015” musobaqalarida 41 yoshli sportchi Sergey Fomin vafot etdi. Sportchi 150 metrlik masofaga suzish, 6,5 km.lik velokross, 1,5 km.lik yugurish bo‘yicha musobaqalarni o‘z ichiga olgan qisqa masofadagi poygada ishtirok etayotganda musobaqaning birinchi bosqichi – 150 metrlik masofaga suzayotganda marraga bir necha metr qolganda ahvoli yomonlashgan. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar bermoqda. 

“Musobaqa boshida hamma suvga tashlandi. Suvda odam ko‘p bo‘lgani uchun qutqaruvchilar uning yoniga yetib borishlari qiyin bo‘ldi. Qutqaruvchilar uning yoniga yetib kelishganda, sportchi jonsiz holda bo‘lgani qayd qilindi”, deb aytmoqda Vladimir viloyati bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Yekaterina Shulayeva.

Noxush voqeadan keyin musobaqalar to‘xtatildi. Aniqlanishicha, sportchilar musobaqaga tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilmagan holda qo‘yilgan.

Top