11:37 / 13.07.2015
1778

Valdesning agenti o‘z mijozining "MYu"da asosiy tarkib uchun kurashishini aytdi

"Manchester Yunayted" jamoasining zaxira darvozaboni Viktor Valdesning agenti Xines Karvaxal o‘z mijozining "Antalyaspor" bilan muzokara o‘tkazgani haqidagi ma'lumotni inkor etdi.

"Turkiyadan Valdesni transfer qilish borasida ko‘p kishilar aloqaga chiqishdi. Lekin, "Antalyaspor" prezidenti bilan gaplashmadik. Men uni yaxshi tanimayman va u bilan muzokaralarga kirishmoqchi ham emasman.

Viktor ham Angliyada qolishni istaydi. Unda "MYu" bilan yana 1 yillik shartnoma mavjud. Biz bu jamoani tark etishimizga sabab ko‘rmayapmiz. "MYu" dunyoning eng kuchli jamoalari uchligiga kiradi.

Viktor hozirda yaxshi sport formasiga ega va u yangi mavsumda asosiy tarkibda maydonga tushib, jamoaga yordam berishni istaydi", deydi Valdesning agenti.

Top