11:26 / 13.07.2015
3202

Xiva aloqa muzeyi qayta ishga tushdi

Xiva aloqa muzeyi zamonaviy rekonstruksiya qilinib, qayta ishga tushirildi. Bu haqda “O‘zbekiston” axborot agentligi yozmoqda.
Aytilishicha, muzeyda turli davrlarga taalluqli 340dan ortiq aloqa vositasi, mingga yaqin eksponat va fotosurat, 430dan ziyod konvert va markalar saqlanmoqda. Muzeyning eng muhim eksponatlaridan biri ilm televizor nusxasidir. 1949 yilda ishlab chiqarilgan televizion qurilma O‘zbekistonda ixtiro qilingan ilk televizor nusxasi asosida yaratilgan.
Muzeyda 3D o‘lchamda boshqa aloqa muzeylari faoliyati, ulardagi ko‘rgazmalar bilan tanishish imkoniyati mavjud.

Top