17:24 / 14.07.2015
4472

“Krasnodar”ga bronza medallar topshirildi

O‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra Rossiya chempionatini uchinchi o‘rinda yakunlagan “Krasnodar” klubiga rasman bronza medallar topshirildi. Marosim davomida jamoaning yangi mavsum uchun mo‘ljallangan liboslari ham taqdim etildi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda o‘zbekistonlik Odil Ahmedov jamoadoshlari so‘nggi turlarda ikkinchi o‘rindan mosuvo bo‘lib, bronza medallari bilan cheklangan edi. “Krasnodar” kabi bir xil ochko to‘plagan TsSKA jamoasi yakunda kumush medal va Chempionlar ligasi yo‘llanmasiga ega bo‘lgandi.

Top