"Arsenal" klubi bosh murabbiyi Arsen Venger yarim himoyachi Mesut O‘zil "Yuventus"ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarni inkor etdi.
"O‘zil - "Arsenal" futbolchisi va shu jamoa safida qoladi.
U mavsumni juda yaxshi o‘tkazdi va garchi birinchi davrada muammolarga duch kelgan bo‘lsa-da, ikkinchi davrada ajoyib o‘yin namoyish qildi.
O‘zil ingliz futboliga batamom moslashdi va himoyada ham ko‘proq ishlamoqda. U o‘z ustida ko‘p ishlaydi va yuqori saviyadagi futbolchi ekanini isbotlab kelmoqda", - deydi Venger.