15:53 / 14.07.2015
1978

Eronda 150 nafar MAGATE inspektori ishlaydi

Eron MAGATE inspektorlari kvotasini 130-150 kishiga oshiradi, deb yozadi TASS agentligi. Bu Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha erishilgan kelishuv loyihasida ko‘zda tutilgan.
Hujjatda aytilishicha, Eron MAGATEning diplomatik aloqalarga ega bo‘lgan davlatlari vakillariga o‘z hududida ishlashga ruxsat beradi.
Ilgariroq Eron hamda vositachilar oltiligi yadroviy dastur bo‘yicha kelishuvga erishgani xabar qilingan edi. Eron vakillari kelishuv amalga oshganini tasdiqladi. Ta'kidlanishicha, yakuniy uchrashuv bugun bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv yakunlariga ko‘ra matbuot anjumani uyushtiriladi.

Top