11:34 / 14.07.2015
2607

Kickstarter’da siyohsiz mobil printer paydo bo‘ldi

Kickstarter kraudfanding maydonchasida smartfonlarga mo‘ljallangan siyohsiz mini-printerlar loyihasi paydo bo‘ldi.
Uskuna droPrinter nomini oldi. U rasmlar, fotosuratlar, eslatmalar, cheklar, QR-kodlarni chiqarib berishi mumkin. Buning uchun printer siyoh emas, balki termonashr usulidan va maxsus qog‘ozdan foydalanadi. Bunday usul kassa apparatlarida qo‘llanadi. Uskuna kutish rejimida 120 soat va to‘xtovsiz nashr holatida 7 soat ishlashi mumkin.
Portativ printer smartfonga Bluetooth orqali ulanadi. U iOS va Android operativ dasturlari negizidagi smartfonlarga mo‘ljallangan.

Top