20:13 / 14.07.2015
3923

Obama: Eron bilan kelishuvga ishonch emas, balki tekshiruvlar negizida erishildi

AQSh prezidenti Barak Obama Eron va “oltilik” erishgan kelishuvga izoh berib, Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha Tehron va xalqaro vositachilar oltiligi o‘rtasidagi kelishuvga tomonlarning o‘zaro ishonchi emas, balki kelishuvlarning bajarilishini tekshirilishi negizida erishilganini aytdi.

“Eron uchun yadroviy qurol olishning istalgan imkoniyati kesiladi”, deb ta'kidlamoqda Obama.

Eron va xalqaro vositachilar “oltiligi” Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha Venada tarixiy kelishuvga erishdi. Unga ko‘ra Eronga kiritilgan ko‘p yillik sanksiyalar rejimi to‘xtatiladi va Tehronga yana neft bozoridagi yirik o‘yinchilardan biriga aylanish imkoni beriladi.

Top