22:35 / 14.07.2015
3282

Obama: Eronga bildirilayotgan boshqa e'tirozlar haqida unutmaslik kerak

AQSh prezidenti Barak Obama Eron yadroviy dasturi bo‘yicha erishilgan kelishuv Tehron bilan bog‘liq barcha masalalarni hal qilmasligini aytdi.

“Biz Yaqin Sharqdagi hamkorlarimiz, shu jumladan Isroil va Fors ko‘rfazi davlatlarining Eron tomonidan terrorchilik va mintaqadagi barqarorsizlikning qo‘llab-quvvatlanishi borasida bildirayotgan xavotirlanishlariga qo‘shilamiz”, deb aytdi Obama.

Obamaning aytishicha, AQSh Eronga nisbatan inson huquqlari buzilishi va ballistik raketalar ishlab chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan sanksiyalarni saqlab qoladi. Obama o‘z ma'muriyatining Isroil xavfsizligi uchun kurashdagi harakatlarini ham alohida ta'kidlab o‘tdi.

Top