21:19 / 14.07.2015
2131

O‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston hududida 308 ta yong‘in sodir bo‘ldi

O‘tgan hafta mobaynida O‘zbekiston hududida 308 ta yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV ma'lum qildi
Turli sabablarga ko‘ra sodir bo‘lgan yong‘inlarda 7 nafar fuqarolar tan jarohatlari olishgan. Ushbu yong‘inlarda 710 mln. so‘mdan ortiq qurilish materiallari va 552 mln. so‘mga yaqin moddiy boyliklar yong‘indan saqlab qolingan. 
Andijon viloyati Oltinko‘l tumanida yashovchi A.Nabiyevning uyida elektr simlarining qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘ldi. Natijada uyning 45 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. 
Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida yashovchi fuqaro F.Bahodirovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 80 kv. metr maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari va hovlisida turgan «Lacceti» rusumli yengil avtomobili yonib zararlangan. 
Ushbu holatlar beparvolik va e'tiborsizlik tufayli sodir bo‘lmoqda. Bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun yong‘in xavfsizligi talablarini yoddan chiqarmang. Gaz va elektr jihozlardan to‘g‘ri foydalaning, ochiq olovdan foydalanishda e'tiborsiz va beparvo bo‘lmang!

Top