14:38 / 14.07.2015
5390

O‘zbekiston 7 neft-gaz korxonalarining 51 foiz aksiyalarini xorijiy investorlarga realizatsiya qiladi

O‘zbekiston yaqin ikki yil ichida 7 neft-gaz korxonalarining 51 foiz aksiyalarini xorijiy investorlarga realizatsiya qiladi. Bu O‘zbekiston prezidentining 2015 yil 8 aprelida imzolangan “Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushini va ahamiyatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida ko‘zda tutilgan.

Xorijiy investorlarga o‘tkaziladigan ishlab chiqarishlar ro‘yxatidan “Andijon tajriba-sinov zavodi” (Andijon viloyati), “Buxoro ta'mirlash mexanika zavodi”, “Buxoro neftgazavtonaql” va “O‘zparqurilish” (Buxoro viloyati), “Qashqadaryo neftgazgazsanoatqurilish” va “Qashqadaryo neftgazqurilish va ta'mirlash” (Qashqadaryo viloyati), “Sarbonneftgaz” AJ (Toshkent) o‘rin oldi.

Ta'kidlanishicha, xorijiy investorlarga yuqorida korxonalar ustav kapitalidagi davlat ulushining realizatsiya qilinishi ishlab chiqarish modernizatsiyasi va texnologik yangilanishini, ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh mahsulotning ishlab chiqarilishiga yordam beradi.

Top