00:21 / 14.07.2015
15623

O‘zbekistonda byudjyet tashkilotlari xodimlarining ustama haqlariga o‘zgartirishlar kiritildi

O‘zbekiston Moliya vazirining buyrug‘i (Adliya vazirligida 2015 yilning 9 iyul kunida 177-5-soni bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) bilan “Byudjyet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi haqidagi Nizomi”ga o‘tgartirishlar kiritildi.

Hujjat bilan byudjyet muassasalari va tashkilotlarining yuqori malakali ishchilariga ularning o‘z xizmat majburiyatlarini halol va faol amalga oshirgani uchun belgilanadigan shaxsiy ustama haqlarni aniqlash tartibiga o‘zgartirish kiritildi. Nizomda bu ustamalar qonunchilikda o‘rnatilgan rag‘batlantirish koeffitsiyentini ham o‘z ichiga olishi aytib o‘tilgan. Ustama haqning miqdori avvalgidek belgilangan ish haqining 50 foizdan ko‘prog‘ini tashkil qila olmaydi. Bundan davlat mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan davlat boshqaruv organlarining xodimlari istesno kilingan. Ular uchun yuqorida ko‘rsatilgan ustama haqlar maksimal o‘lchamlar bilan chegaralanmaydi.

Top