13:40 / 14.07.2015
20555

"O‘zbeknavo" xonanda Lolaning litsenziyasi to‘xtatilganini ma'lum qildi

14 iyul kuni "O‘zbeknavo" estrada birlashmasi xonanda Lolaning litsenziyasi to‘xtilganini ma'lum qildi.

"Xonanda Yuldasheva Lola Ravshanbekovna tomonidan Lisenziya bitimida nazarda tutilgan talab va shartlar buzilganligi sababli, xonanda nomiga berilgan litsenziyaning amal qilish muddati “Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 22-24 moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 11 noyabrdagi 498-son Qarorining 1-ilovasi 35-bandiga asosan, 2015 yil 14 iyuldan tugatilganligini ma'lum qiladi", deyiladi O‘zbeknavo birlashmasi matbuot xizmati xabarida.

Top