07:22 / 14.07.2015
3774

Poroshenko Ukraina Harbiy-havo kuchlari bosh qo‘mondonini lavozimidan bo‘shatdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Ukraina Harbiy-havo kuchlari bosh qo‘mondoni Yuriy Baydakni o‘z lavozimidan bo‘shatdi, deb xabar bermoqda “Interfaks” axborot agentligi.

Baydakni sog‘lig‘i tufayli harbiy xizmatdan zaxiraga chiqarish haqidagi farmon ham berilgan.

Afg‘oniston faxriysi Yuriy Baydak Ukraina Harbiy-havo kuchlarini 2012 yildan beri boshqarib kelayotgan edi.

Iyun oyida Poroshenko Baydakni lyustratsiya haqidagi qonunga ko‘ra lavozimidan ozod etishga buyruq bergan edi.

 

Top