00:56 / 14.07.2015
3567

Putin Qirg‘izistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga kirishini ratifikatsiya qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qirg‘izistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishi haqidagi kelishuvni imzoladi.

Avvalroq ushbu hujjatni Qirg‘iziston prezidenti Olmosbek Atamboyev ratifikatsiya qilgan edi.

Shu tariqa, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi tarkibiga endilikda Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Armaniston va Qirg‘iziston kiradi.

Top