21:15 / 14.07.2015
35983

Rossiya O‘zbekistonga IShID safiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlikni deportatsiya qildi

Rossiya maxsus xizmatlari Sochidan O‘zbekistonga 26 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Maqsud Zohidovni deportatsiya qildi.

Zohidov qalbaki hujjatlar bilan Sochidan Istanbulga uchib ketmoqchi bo‘lgan, u yerdan esa Suriyaga IShID jangarilari safiga qo‘shilish uchun jo‘nab ketmoqchi bo‘lgan.

“Men qayerga ketayotganimdan bexabar edim. Bilmayman, u yerga go‘yoki aqlim ozib qolgandek ketmoqchi bo‘ldim. Meni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimlari to‘xtatib qolganlari uchun ulardan cheksiz minnatdorman”, deb aytmoqda Zohidov. Zohidovning aytishicha, Moskvada uning miyasiga bir necha yillar davomida Suriyada hayot chiroyli ekanligi singdirib borilib, u yerdagi terrorchilar safiga yollashgan.

Top