18:24 / 14.07.2015
15195

Turli davlatlar prezidentlariga tegishli 10 ta ishchi xona

Agar sizni davlatlar rahbarlarining ishchi xonalari qanday ko‘rinishga egaligi qiziqtirayotgan bo‘lsa, unda quyidagi jamlanma sizda shak-shubhasiz qiziqish uyg‘otadi. Bu ishchi xonalarning hech birida, siz o‘ylagan bo‘lishingiz mumkindek, oltin taxt mavjud emas. 

1. Rossiya

Rossiya prezidenti ishchi xonasi prezident qarorgohining ishchi qismining markazida joylashgan. Ishchi xona uncha katta emas va ish uchun maksimal qulay holda jihozlangan. Devorlar zarang daraxtidan tayyorlangan panellar bilan qoplab chiqilgan. Devorlar bo‘ylab noyob kitoblar va turli ma'lumotnomalardan iborat kitob javonlari joylashgan. Xonaning markazida prezidentning ishchi stoli joylashgan. Stol ustida Rossiya Federatsiyasi gerbi joylashgan. Ishchi stolning o‘ng va chap tomonida mos ravishda Rossiya bayrog‘i va prezident shtandarti qo‘yilgan. Oyna oldiga yaqinroqda yana bitta stol joylashgan, bu stol muzokaralar, ishchi uchrashuvlar va yordamchilar bilan yig‘ilish o‘tkazish uchun mo‘ljallangan. 

2. AQSh

AQSh prezidenti o‘zining ishchi joyi sifatida Oval xonadan foydalanadi. Odatda AQSh prezidenti Oval xonadan millatga televizion murojaatlar qilishda va xorijiy davlatlar yetakchilari bilan uchrashish uchun foydalanadi. Oval xona janubga qaragan 3 ta katta deraza va 4 ta eshikka ega. Prezident stoli derazalar tagida joylashgan. Xonaning shimoliy qismida kamin bor. 

3. Ukraina.

Ukraina prezidenti ishchi uchrashuvlar va yig‘ilish uchun umumiy maydoni 128,8 kv metrni tashkil qiladigan uchta xona: ishchi xona, yordamchining ishchi joyiga ega qabulxona va uchrashuvlar xonasidan foydalanadi. 

4. Germaniya.

Germaniya kansleri Angela Merkelning ishchi xonasi juda oddiy jihozlangan: uncha qimmat bo‘lmagan stolda telefon, monitor, globus va elektron lampa joylashgan. 

5. Nigeriya.

Nigeriya prezidenti Muhammadu Buxoriy o‘z lavozimiga o‘tirgandan keyin o‘zining uyidagi xonasida ishlaydi. 

6. Eron.

Eron prezidentining ishchi xonasi juda ham sodda ko‘rinishga ega. Stol ustida faqatgina kompyuter va yozish uchun kerakli anjomlar joylashgan. 

7. Argentina.

Argentina prezidenti Kristina Kirshner ishchi xonasi ancha basavlat ko‘rinishga ega. Ishchi stol ustida ko‘pgina kitoblar va ma'lumotnomalar mavjud.

8. Turkmaniston.

Turkmaniston prezidenti Qurbono‘g‘li Berdimuxamedov ishchi xonasining tasviridan ko‘rinishicha, u qog‘ozlarga uncha ishonmaydi. Qiziq, shuncha noutbuk unga nimaga kerak ekan? 

9. Gretsiya.

Gretsiya yetakchisi Aleksis Tsipras ishchi xonasi fonida suratga tushgan. Tsiprasning orqasida ishchi stolda qog‘ozlar taxlami va juda katta o‘lchamdagi kitob javoni ko‘rish mumkin. Nima deb o‘ylaysiz, Tsipras shu kitoblardan qanchasini o‘qib chiqqankin?

10. Vetnam.

Ehtimol, eng kamsuqum ishchi xona Vetnam prezidentiga tegishli bo‘lsa kerak. Yoki u xonasida kamdan-kam hollarda bo‘ladi, yoki uni muhim davlat ishlaridan biror narsa chalg‘itishini yoqtirmaydi.

Manba: Xabardor.uz internet nashri

Top