10:53 / 14.07.2015
2002

Yana ikkita davlat Boeing MH17 halokati bo‘yicha tribunal yaratish g‘oyasini qo‘llab-quvvatladi

Ilgariroq Avstraliya BMTga murojaat qilib, Donetskda Malayziyaning Boeing MH17 samolyoti urib tushirilishi yuzasidan xalqaro tribunal tashkil etish g‘oyasini qo‘llab chiqqani xabar qilingan edi. Undan so‘ng bu safga Belgiya va Ukraina ham qo‘shildi. Bu haqda Ukrainaning BMTdagi vakolatxonasining sayti orqali axborot berildi.
Bir necha kun muqaddam tribunal tuzish tashabbusini Niderlandiya va Malayziya qo‘llab-quvvatlagan edi.
Tribunal davlatlarning hamkorligi natijasida da'vogarlar talablarining qondirilishi imkoniyatini kengaytirishi ta'kidlanmoqda.

Top