13:45 / 15.07.2015
1774

"Arsenal" Monrealni "Atletik"ka 10 mln yevro evaziga transfer qilishi mumkin

"Arsenal" jamoasining ispaniyalik chap qanot himoyachisi Nacho Monreal Ispaniyaga qaytish arafasida turibdi.

As nashrida yozilishicha, 29 yoshli himoyachi basklar jamoasi "Atletik" bilan 3 yillik shartnoma tuzish bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishib bo‘lgan.

Yaqin vaqtlar ichida "Arsenal" va Bilbaoning "Atletik" jamoasi o‘rtasida ham transfer shartnomasi tuzilishi kutilmoqda. Xabarda aytilishicha, basklar bu futbolchi uchun 10 mln yevro to‘lashga roziligini bildirishgan.

Qayd etish joizki, Monreal 2013 yilning yozida londonliklar safiga kelib qo‘shilgan va 3 yillik shartnoma imzolagandi. Uning shartnomasi 2016 yilning yoziga qadar amalda bo‘lishi belgilangan. Venger u bilan shartnomani uzaytirish borasida bir qarorga kelmagan. Ba'zi xabarlarga ko‘ra u AQSh chempionatiga yo‘l olishi ham mumkin.

Top