10:21 / 15.07.2015
1641

Di Mariyaning vakillari "PSJ" bilan muzokara o‘tkazish uchun Parijga keldi

"Manchester Yunayted"ning argentinalik yarim himoyachisi Anxel Di Mariya faoliyatini Fransiyada davom ettirishi oydinlashmoqda.

Goal.com nashrida yozilishicha, mashhur futbol agenti Jorjye Mendesh ushbu 27 yoshli futbolchining "PSJ" jamoasiga o‘tishi bo‘yicha berilgan taklifni muhokama qilish uchun Parijda bo‘lib turibdi.

Manbaning ma'lum qilishicha, ushbu jarayonda qatnashish uchun Fransiya poytaxtiga "MYu" jamoasi rahbariyati a'zolari ham yetib kelishgan.

Qayd etilishicha, bu transfer doirasida urugvaylik hujumchi Edinson Kavanining Di Mariya o‘rniga "MYu"ga o‘tishi masalasi ham ko‘rib chiqiladi.

Biroz oldinroq, Di Mariya "PSJ"ga 60 mln yevro evaziga transfer qilinib, u bilan parijliklar 5 yillik shartnoma imzolashi xabar qilingandi.

Top