18:12 / 15.07.2015
2044

Draksler yana bir bor "Arsenal" jamoasi qiziqishlari doirasiga tushdi

"Arsenal" jamoasi Germaniya terma jamoasi va "Shalke" yarim himoyachisi Yulian Drakslerni transfer qilish haqida o‘ylamoqda.

Qayd etish joizki, bu futbolchiga "kanonirlar" 3 yildan buyon qiziqish bildirib kelishadi lekin nemislar jamoasi Draksler bo‘yicha bildirilgan barcha takliflarni rad etgan.

Bild nashrida yozilishicha, Arsen Venger shu yilning yozida 21 yoshli Drakslerni Londonga olib kelishga jiddiy bel bog‘lagan.
Xabarda aytilishicha, "Shalke" jamoasi "Inter"dan Sherdan Shakirini xarid qilmoqchi va bu holatda u bilan bir ampluada harakat qiladigan Draksler boshqa jamoaga qo‘yib yuborilishi mumkin.

Ma'lumot uchun, Draksler o‘tgan mavsumda jarohat tufayli atigi 15ta o‘yinda maydonga tusha oldi va 2ta gol urdi. U 2010 yildan buyon "Shal`ke" a'zosi hisoblanadi.

Top