09:39 / 15.07.2015
3773

Florentino Peres: "Men Kasilyasning ketgani sababini tushundim. U yuzaga kelgan vaziyat tufayli qattiq g‘azablangan"

Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres jamoa darvozaboni va sardori Iker Kasilyasning jamoadan ketishi sababini aytdi.

Cuatro telekanali Peresning Ramon Mendosa (“Real”ning sobiq prezidenti) tarafdorlari klubi prezidenti Efiginio Albadalexo bilan suhbatining lavhalarini namoyish etdi. Suhbat Kasilyasning “Santyago Bernabeu”dagi klub bilan xayrlashuv matbuot-anjumanidan bir necha daqiqa avval bo‘lib o‘tgan.

“Sen bu yerda tartib o‘rnatishing kerakmi?”, deb aytdi Albadalexo suhbat chog‘ida.

“Yo‘q, yo‘q. Men Iker bilan gaplashdim va uning ketayotganining sababini tushundim. U vaziyat tufayli qattiq g‘azablangan. Bundan tashqari, biz unga kun bermaganlardan xalos bo‘ldik”, deb aytdi Peres.

Eslatib o‘tamiz, Kasilyas “Portu” bilan “2+1” sxemasi asosida shartnoma tuzdi.

Top