10:09 / 15.07.2015
7378

Hindistonda 530ta kompaniya jinsiy tengsizlik tufayli jarimaga tortildi

Bombey fond birjasi ayollarning rahbarlik lavozimlariga tayinlanishi bo‘yicha muddatlarni orqaga surayotgan, savdo maydonida bitimlar amalga oshiruvchi 530ta kompaniyani jarimaga tortdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

O‘tgan yili hindistonlik regulyator kvotalar kiritib, unga ko‘ra Bombey fond birjasida savdo qiluvchi har bir hind kompaniyasida bitta ayol rahbar yoki direktor bo‘lishi kerakligi belgilangan. Bu tashabbus hind kompaniyalarida jinsiy tengsizlikka qarshi kurashishga qaratilgan.

Endi kompaniyalar 50 mingdan 142 ming rupiygacha (790 dollardan 2240 dollargacha) jarima to‘lashlariga to‘g‘ri keladi. 2015 yilning 1 oktabridan keyin ham rahbar lavozimlarga birorta ayolni tayinlamagan har bir kompaniya biror ayol rahbar tayinlamaguniga qadar kuniga 5 ming rupiydan (78 dollardan) jarima to‘laydi.

Shu bilan birga regulyator boshqa jazolarni qo‘llashi ham mumkin.

Top