18:59 / 15.07.2015
12193

Islom Karimov Rossiya tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

O‘zbekiston rahbari Lavrovning tashrifi uchun minnatdorchilik bildirib, Ufada bo‘lib o‘tgan ShHT sammitining muhim ahamiyatini yana bir bora ta'kidlab o‘tdi.
“Rossiya ham, O‘zbekiston ham, yaqinda bo‘lib o‘tgan voqealar, ya'ni Ufada o‘tkazilgan ShHT sammitidagi ishtirokimiz taassurotlari ostidamiz”, – dedi u.

Shuningdek, Islom Karimov sammit doirasida rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvning ahamiyatini ta'kidlab o‘tdi: “Qayd etib o‘tmoqchimanki, O‘zbekiston delegatsiyasi prezident tomonidan qabul qilindi. Bo‘lib o‘tgan fikr almashish uzoq davom etmagan bo‘lsa-da, menda chuqur taassurot qoldirdi”.

Top