09:43 / 15.07.2015
1507

Koreya aviakompaniyalari MERS tufayli bekor qilingan Yaponiya reyslarini yana ishga tushirdi

Janubiy Koreyaning ikki yirik aviakompaniyasi – Korean Air va Asiana Airlines Yaponiyaga boradigan, Yaqin Sharq respirator sindromi koronavirusi epidemiyasi tufayli bekor qilingan reyslarni yana ishga tushirdi. Bu haqda Kyodo agentligi xabar bermoqda.
Avgust oyida Korean Air’ning Aomori, Akita, Isikava va Kagosima prefekturalariga reyslari ishga tushiriladi. Iyul oyining oxirida Asiana Airlines kompaniyasi samolyotlari yana Toyama va Exime prefekturalariga ucha boshlaydi.
Aviakompaniyalar Yaponiyaga boradigan 190 reysni bekor qilishga majbur bo‘lgan edi.

Top