11:20 / 15.07.2015
2476

Leonardo Di Kaprio ekologiya jamiyatiga 15 mln dollar xayriya qildi

Gollivudning mashhur aktyori Leonardo Di Kaprio ekologiya jamiyatiga Afrika qit'asida va Amazonka daryosi havzasidagi tropik o‘rmonlar muhofazasi uchun 15 mln dollar miqdoridagi xayriya mablag‘ini berdi. Bu haqda NBC telekanali xabar qilgan.

Bu mablag‘lar Amazon Watch, Save The Elephants, Tree People va World Wildlife Fund nomli jamg‘armalarga yo‘naltiriladi.

"Sayyoramiz iqlimining buzilishi shunday sur'atlarda davom etmoqdaki, biz endi buni yashira olmaymiz. Biz kelajak avlodga Yer sayyorasini yashash uchun yaroqli holda yetkazib berishga mas'ulmiz", deydi Di Kaprio.

Ma'lumot uchun, ushbu aktyor 1998 yilda Leonardo DiCaprio Foundation nomli jamg‘arma tashkil etgan. Bu jamg‘armaning maqsadi atrof-muhit muhofazasini ta'minlash hisoblanadi. Ayni vaqtda bu tashkilot dunyoning 40ta mamlakatida faoliyat ko‘rsatadi.

Shu yilning sentabr oyida Leonardo Di Kaprio BMTning iqlim masalalari bo‘yicha elchisi etib tayinlanishi kutilmoqda.

Top