15:06 / 15.07.2015
2911

Maksim Shatskix: Qozog‘iston va Ozarbayjondan tushgan taklifni hattoki, ko‘rib ham chiqmayman

O‘zbekiston terma jamoasining sobiq hujumchisi Maksim Shatskix o‘zining «Rux» klubiga o‘tganiga izoh berib o‘tdi.

«Barchasi qoniqtirardi, hammasi yaxshi edi, faqat birgina narsadan tashqari... Men ular qarzni yopishlarini juda istagan edim. Men futbolni juda yaxshi ko‘raman. Biroq yil davomida jamoani faqat nonushta bilan boqish...

Axir men oilamni boqishim kerak, oilam esa kichkina emas.

Pul kutayotganimda birinchi ligada ishlash varianti paydo bo‘ldi. Qozog‘iston va Ozarboyjondan tushadigan takliflarni esa, hattoki ko‘rib chiqishni ham istamayman», - deydi Shatskix.

Top