11:18 / 15.07.2015
4003

NASA rahbari AQSh Quyosh tizimidagi barcha sayyoralarga “tashrif buyurgan” birinchi davlat bo‘lganini aytdi

New Horizons zondining Plutonga muvaffaqiyatli tarzda yaqinlashgani munosabati bilan AQSh Quyosh tizimidagi barcha sayyoralarga “tashrif buyurgan” birinchi davlat bo‘ldi, deb aytdi NASA rahbari Charlz Bolden.

“AQSh Plutonga yetgan birinchi millat bo‘ldi, endi biz Quyosh tizimining barcha sayyoralariga tashrif buyurdik, dunyodagi boshqa birorta ham millat bunga erisha olmagan”, deb zonddan signal olingandan keyin tabrikladi Bolden o‘z xodimlarini.

Boldenning aytishicha, zondning Pluton bilan yaqinlashishi inson imkoniyatlarini yangi darajaga olib chiqdi.

Top