15:10 / 15.07.2015
8124

Orenburg politsiyasi o‘zbekistonlik oshiq yigitni o‘limdan saqlab qoldi

Orenburg politsiyasi vakillari 12 soat davomida 20 yoshli O‘zbekiston fuqarosi o‘zini o‘ldirmasligi uchun u bilan muzokara olib bordi. Bu haqda Orenburg viloyati IIB matbuot xizmati ma'lum qilgan.

“14 iyul kuni tongida Orenburg politsiyasiga sud binosi tomiga chiqib olib, o‘zini yerga tashlab halok qilishga qasd qilgan yigit haqida ma'lumot kelib tushdi. Politsiya xodimlari voqea joyiga yetib borishib, uni o‘zini o‘ldirmaslikka chaqirishdi. Uning xavfsizligini ta'minlash uchun ruhshunoslar va Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari yordamga chaqirildi”, deyiladi xabarda.

12 soatdan keyin tomdan tushishga ko‘ndirilgan 20 yoshli o‘zbekistonlik yigit javobsiz sevgi tufayli o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘lganini tan olgan.

Ayni damda u hibsga olingan va unga nisbatan "Politsiya vakillarining ko‘rsatmasiga bo‘ysunmaslik" bo‘yicha ish ochilgan.

Top