12:47 / 15.07.2015
2449

O‘zbekiston bojxonasi yarim yil ichida 100 kg narkotikni ushlab qoldi

O‘zbekiston bojxona organlari 2015 yilning birinchi yarim yilligida qariyb 100 kg giyohvand modda o‘tkazilishini to‘xtatib qolgan. Bu haqda davlat bojxona qo‘mitasi vakiliga tayangan holda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
“Mustaqil ravishda hamda boshqa huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbirlar natijasida joriy yilning olti oyi davomida 96 kg giyohvand moddalar va 12 ming psixotrop tabletkalar ushlab qolingan”, – uning so‘zlarini keltiradi agentlik.
2014 yili mamlakatda giyohvand moddalar kontrabandasi bilan bog‘liq 177 xatti-harakat fosh etilgan, 202 kg narkotik moddalar musodara qilingan.

Top