16:38 / 15.07.2015
5587

Peskov Obamaning Putin bilan Suriya haqida olib borilgan suhbati haqida gaplarni tasdiqlamadi

Kreml vakili AQSh prezidenti Barak Obamaning rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin nomidan Suriya rahbari Bashar Asad haqida aytgan gaplarini tasdiqlamadi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.
Ilgariroq AQSh prezidenti Putinning Suriya masalasidagi qo‘ng‘irog‘idan ruhlanganini aytib, Rossiya Bashar Asad rejimining kuch yo‘qotayotganini, Suriya hududi bo‘linib ketayotganini va hokimiyat ag‘darilishi xavfi borligini nihoyat tushunib yetganini aytdi.
“Putin menga bir necha hafta muqaddam qo‘ng‘iroq qilgani va Suriya masalasida suhbat qilganidan juda ruhlandim”, – dedi u The New York Times gazetasiga bergan intervyusida.
“Telefon suhbati haqidagi xabarnomada o‘zimiz zarur deb hisoblagan barcha axborotni keltirganmiz”, – dedi Rossiya prezidentining matbuot kotibi Sergey Peskov.
Ikki davlat prezidentlari 26 iyun kuni telefon orqali muloqot qilgan edi. O‘shanda Peskov suhbat davomida asosiy urg‘u terrorchilikka qarshi kurashga berilganini ta'kidlagan edi. Keyinchalik u suhbat chog‘ida Putin Rossiya Suriyadagi ixtilofning bartaraf etilishi Asadning ham ishtirok etishi aytilganini qo‘shmicha qildi.

Top