18:44 / 15.07.2015
3643

Samsung Galaxy Note 5 Galaxy S6 Edge Plus bilan birga 12 avgust kuni taqdim etilishi mumkin

Sammobile va Digitimes nashrlarining yozishicha, Samsung Galaxy Note 5 fabletini 12 avgust kuni Galaxy S6 Edge Plus flagmani bilan birga taqdim etadi.
Galaxy Note 5 eng yirik bozorlarda 14 avgustda sotuvga chiqarilishi mumkinligi aytilmoqda. Galaxy S6 edge+ esa 21 avgustdan sotuvga chiqariladi.
Manbada aytilishicha, yangi fablet 4 Gb operativ xotiraga, korpusning metall karkasiga va shishali orqa panelga ega bo‘ladi. Shuningdek, microSD xotira kartasi uchun slotning bo‘lmasligi aytilmoqda.
Galaxy S6 edge Plus sotuvga Galaxy S6 edge+ nomi ostida chiqadi. U Exynos 7420 sakkiz yadroli protsessor asosida ishlashi aytilmoqda.

Top