12:41 / 15.07.2015
2441

Buxoroda qizning bo‘ynidagi tilla zanjirni yulib ketgan talonchilar qo‘lga olindi

Buxoro viloyatining Jondor tumanida ko‘cha bezoriligi bilan bog‘liq jinoyat fosh qilindi, deb xabar beradi IIV matbuot xizmati.
Aytilishicha Xonali va Mirjalol ismli yosh yigitlar ko‘chada aylanib yurib, bir qizning bo‘ynidagi tilla zanjirni sezib qolgan. Ular zanjirni yulib olib, qochib ketishgan. Qiz darhol militsiyaga murojaat qilgan. O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida qonunbuzarlar tezda qo‘lga olingan.

Top