08:44 / 16.07.2015
3587

“Akvamen” internetda eng xavfli superqahramon bo‘ldi

Intel Security kompaniyasi jinoyatchilar internetda firibgarlik uchun foydalanadigan mashhur superqahramonlar nomlari ro‘yxatini tuzdi. Bu haqda Intel Security ishlab chiqaradigan McAfee antivirus dasturining blogida ma'lum qilindi.

Uch yildan beri har yili chop etib kelinayotgan ushbu ro‘yxatning eng yuqori pog‘onasini Akvamen egalladi. Aynan shu superqahramonning nomlari qayd qilingan havolalar eng ko‘p miqdorda zararli dasturiy ta'minot, viruslar, fishing va boshqa xavflar saqlanadigan saytlarga olib boradi. Firibgarlar superqahramonlarning mashhurligidan va ularning muxlislarining qiziquvchanliklaridan foydalanib, kompyuterlarga va internet-foydalanuvchilarning xavfsizligiga zarar yetkazadilar.

Shuningdek, ushbu ro‘xatning yuqori uchligidan Temir musht (19,69 foiz xavfli havola) va Rosomaxa (19,58 foiz xavfli havola) ham joy oldi. Mo‘'jizaviy ayol superqahramoni ro‘yxatdan joy olgan birinchi “xavfli” ayol bo‘ldi, unga barcha xavfli havolalarning 19,38 foizi to‘g‘ri kelmoqda.

Top