01:46 / 16.07.2015
3062

“Boko haram” jangarilari Nigeriyaning shimoli-sharqiy qismida 30 kishini o‘ldirdi

“Boko haram” ekstremistik guruhi jangarilari Nigeriyaning shimoli-sharqiy qismida joylashgan qishloqlarga hujum qilishi davomida 30 dan ziyodroq kishini o‘ldirdi.

Ma'lum qilinishicha, jangarilarning hujumi oqibatida Borno shtatining ma'muriy markazi hisoblangan Mayduguri shahri yaqinidagi Ngamdu qishlog‘ida 20 ga yaqin tinch aholi, Chad qo‘li sohilida joylashgan Garin-Giva qishlog‘ida 8 kishi va Niger bilan chegarada joylashgan Damasak aholi punktida 5 kishi halok bo‘lgan.

Ma'lum qilinishicha, terrorchilar bu joylardagi ko‘plab uylar, yengil va yuk mashinalarini yoqib yuborishgan.

Top