18:10 / 16.07.2015
5421

Amerikalik yozuvchi shaurmaga uylandi

San-Frantsiskoda istiqomat qiluvchi adib Devid Sikorski Meksikadagi shaurma muqobili – burrito bilan turmush qurdi.
Sikorskining aytishicha, bu harakati bilan u do‘stlaridan o‘ch olmoqchi bo‘lgan. Ijtimoiy tarmoqdagi do‘stlari joylashtiradigan aksariyat suratlarda ularning o‘z juftlari bilan vaqt o‘tkazishi aks etgan. Shunda Devid o‘ziga boshqalarnikiga o‘xshamaydigan “dugona” topishga qaror qildi.
Burrito bilan uyushtirilgan hazil fotosessiyani u “Yagona va haqiqiy muhabbat” deb atadi. Uning ishontirib aytishicha, sevimli taomi bilan o‘zini juda yaxshi his qilmoqda.
Sikorski o‘z burritosi bilan shaharning eng go‘zal yerlarida sayohat qilib, ko‘plab suratlarga tushdi va ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi.

Top