16:39 / 16.07.2015
1789

"Bavariya" va "Yuventus" Gyottse hamda Vidalni almashishlari mumkin

"Bavariya" jamoasi yarim himoyachisi Mario Gyottse o‘z futbolchilik faoliyatini "Yuventus" jamoasida davom ettirishi mumkin.

La Gazzetta dello Sport nashrida yozilishicha, turinliklar jamoasi bosh direktori Beppe Marotta "Bavariya" rahbariyatidan 23 yoshli ushbu futbolchining transferini Myunxenga o‘tadigan Arturo Vidalning transferiga qo‘shishni so‘ragan.

Biroz oldinroq, "Bavariya" "Yuventus"dan Arturo Vidalni 40 mln yevro evaziga xarid qilishi haqida xabar berilgandi.

Top