21:24 / 16.07.2015
5677

Dubayda “aqlli” palmalar paydo bo‘ldi

Dubayda Wi-Fi va elektr energiya beruvchi “aqlli” palmalar paydo bo‘ldi, deb xabar bermoqda Daily Mail nashri.

“Aqlli” palmalar telefonlarni quvvatlash uchun 8 ta slotga ega va 100 metr radiusda internetga kirish uchun bepul Wi-Fi ga ulanish imkonini beradi. Palma “barg”larida o‘rnatilgan batareyalar hisobiga quyoshdan energiya oladi.

Bunday palmalardan biri mashhur “Burj-al-Arab” mehmonxonasi oldida joylashtirildi. Kelgusida 100 tadan qo‘proq shunday “daraxt” o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Bu palmalar shuningdek kuzatuv kameralari bilan jihozlanadi.

Top