01:54 / 16.07.2015
2111

Eron bo‘yicha rezolyutsiya BMT Xavfsizlik kengashiga rasman kiritildi

Eron bo‘yicha rezolyutsiya BMT Xavfsizlik kengashiga rasman kiritildi. Bu haqda Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vitaliy Churkin ma'lum qildi.

Churkin Tehronning yadroviy dasturi bo‘yicha rezolyutsiya loyihasiga BMT Xavfsizlik kengashida ovoz berish keyingi haftaning boshida bo‘lib o‘tishi mumkinligini aytdi.

Churkin BMT Xavfsizlik kengashi Eron bo‘yicha rezolyutsiyani bir ovozdan qabul qilishiga umid bildirmoqda.

Avvalroq Eron prezidenti Hasan Ruhoniy Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvga erishilgandan keyin Eron dunyo tomonidan boshqa xavf sifatida qabul qilinmasligini aytdi.

Top