15:30 / 16.07.2015
1949

Shveytsariya FIFA tizimidagi poraxo‘rlik bo‘yicha hibsga olinganlardan birini AQShga ekstraditsiya qildi

Shveytsariya AQShga FIFA tizimidagi poraxo‘rlik ishi bo‘yicha hibsga olingan sobiq futbol amaldorlaridan birini ekstraditsiya qildi. Bu haqda Reyter nashri xabar bergan.

Shveytsariya Adliya vazirligi ekstraditsiya qilingan amaldorning shaxsini ma'lum qilmagan.

Qayd etish joizki, AQShda yana 6 nafar FIFAning sobiq amaldorlari hibsda saqlanmoqda.

Top