10:08 / 16.07.2015
2580

Van Gal: Valdes "MYu"ning o‘yin falsafasiga mos tushmadi. U ketgani ma'qul

"Manchester Yunayted" jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal darvozabon Viktor Valdesning jamoadan ketishi borasidagi fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Valdes jamoa falsafasiga mos kelmasligi tufayli biz bilan safarga chiqmadi. U jamoa falsafasi va formasini tiklash borasida biz bilan bir xil fikrda emas.

U o‘tgan yili o‘rinbosarlar tarkibida o‘ynashdan bosh tortgan edi. Qolaversa u «MYu» darvozaboni qilishi lozim bo‘lgan boshqa ishlarni ham bajarmadi. Agarda sen bu qarashlarga rozi bo‘lmasang, jamoadan ketganing ma'qul.

Bizning juda ko‘nglimiz qolgan. Viktor jamoa falsafasi bo‘yicha ishlashiga umid qilgan edik. Unga o‘zini ko‘rsatishi uchun imkon berdik, u bilan shartnoma imzoladik. Asosiy tarkibda o‘ynay olmagan darvozabon o‘rinbosarlar tarkibida maydonga tushishi lozim edi", - deydi murabbiy.

Top