15:56 / 16.07.2015
2196

Messi ESPN versiyasiga ko‘ra xorijlik eng yaxshi sportchi deb topildi

"Barselona" jamoasining argentinalik hujumchisi Lionel Messi ESPN — Excellence in Sports Performance Yearly Award (ESPY) telekanali sovriniga loyiq ko‘rildi. Ushbu sovrin "Yilning eng yaxshi xorijlik sportchisi"ga beriladi.

28 yoshli futbolchi bu borada tennischi Novak Jokovich, avtopoygachi Lyuis Xemilton, golfchi Lidiya Ko hamda boshqa bir futbolchi Krishtianu Ronalduni ortda qoldirgan.

ESPN telekanalining maxsus mukofoti ayollar futboli bo‘yicha 2015 yilgi chempionatda g‘olib bo‘lgan AQSh terma jamoasiga ham topshirilgan.

Top