16:32 / 16.07.2015
3502

Namanganda qarovsiz bolalar nazoratga olindi

Namanganda “Qarovsiz bola” operativ tadbiri o‘tkazildi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” nashri xabar bermoqda.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad ota-onalar nazoratisiz kompyuter klublari va boshqa turdosh muassasalarda vaqt o‘tkazayotgan, tilanchilik va aravakashlik bilan shug‘ullanayotgan bolalarni aniqlash bo‘ldi.
Huquqbuzarlik profilaktikasi katta inspektori podpolkovnik Rustamjon Maqsudovning xabar qilishicha, tadbir davomida 27 nazoratsiz yurgan, 2 nafar kompyuter klublarida vaqt o‘tkazadigan bolalar aniqlangan. Shuningdek, ota-onasining nazoratisiz tilanchilik bilan shug‘ullanayotgan 7 nafar, aravakashlik qilayotgan 11 nafar nazorat ostiga olingan.
Ixtiloflarga moyil o‘smirlar bilan ishlashga alohida e'tibor berildi. Farzandining tarbiyasiga befarq 12 ota-ona bilan suhbatlar o‘tkazilgan. Masjidlarga tashrif buyuruvchi ikki o‘smir aniqlangan.

Top