11:09 / 16.07.2015
4252

NASA`ga Plutondan olingan ilk suratlar yetib keldi

AQShning "New Horizons" ("Yangi ufqlar") nomli kosmik apparati Yerga Plutondan noyob suratlarni yubordi. Bu haqda NASA agentligi xabar bergan.

Ushbu kosmik apparat 9 yil davomida 5 mlrd km masofani uchib o‘tib, Quyosh tizimidagi eng mitti sayyoraga yaqinlashgani xabar qilingandi.

«Yangi ufqlar» («New Horizons») zondining qiymati 700 mln. dollarga baholangan bo‘lib, u 2006 yilda Plutonni o‘rganish uchun yo‘lga chiqarilgandi.

Ma'lumot uchun, Pluton – quyosh sistemasidagi eng uzoq joylashgan sayyora bo‘lib, 1930 yilda Klayd Tombo tomonidan kashf qilingan. Apparatning tezligi 16 km/sekundni tashkil qiladi. 453 kg vaznga ega apparat harakatni to‘g‘rilovchi dvigatelga ega. Lekin u yoqilg‘i zaxirasiga ega emas, shu bois to‘xtab, Pluton orbitasiga kira olmaydi. Sayyora yonidan uchib o‘tib, zond Quyosh tizimi chegarasi tomon parvozini davom ettiradi.

Top