11:00 / 16.07.2015
2396

Rossiya sharqida bir kunda 1.4 ming gektar o‘rmon yonib ketdi

Uzoq Sharqning 1.4 ming ga o‘rmon hududi yong‘in ostida qoldi, mintaqada haligacha 36ta yong‘in o‘chog‘i mavjud. Bu haqda o‘rmon xo‘jaligi departamenti xabar bermoqda.
Kecha avj olgan 45 yong‘indan faqat 9tasi o‘chirilgan. Olov egallagan hudud 1,435 ming ga ni tashkil qiladi.

Yong‘inlarga qarshi mahalliy o‘rmon xizmatlarining 579 vakili kurashmoqda. Ishlarga 68 avtotexnika, 12 vertolyot va 6 samolyot jalb qilingan.
21ta yong‘in Amur viloyatida alangalanmoqda. Yana 8tasi Yoqutistonda, uchtasi Magadan viloyati va Chukotka okrugida, 1tasi Saxalin orolida kuzatilmoqda.

Top