17:09 / 16.07.2015
1981

Tayvan akvaparkidagi portlash qurbonlari soni 7 kishiga yetdi

27 iyun kuni Tayvan akvaparkidagi portlash hamda u keltirib chiqargan yong‘in oqibatida halok bo‘lganlar soni 7 kishini tashkil qildi, deb xabar beradi CNA telekanali.
Reportajda ko‘rsatilishicha, 19 yoshli qiz fojianing yettinchi qurboni bo‘ldi. Iyun oyining oxiridan beri shifoxonada yotgan qiz hayot ta'minoti tizimidan uzib qo‘yildi.

Voqea Sinbey shahridagi akvaparkda uyushtirilgan kechada sodir bo‘ldi. Color Play Asia bayrami chog‘ida ko‘plab sochilgan turfa buyoqlar portlashni keltirib chiqargani taxmin qilinmoqda. Portlash joyiga tez tibbiy yordamning va qutqaruv xizmatlarining kirib kelishi ancha kechikkani bois odamlar o‘z bilganlaricha jon saqlashdi. Ayrimlar hovuzga sakrashdi, boshqalar qochish ilinjida darvoza tomon yugurib, oyoq ostida qolib ketdi.

Top