11:05 / 17.07.2015
2874

“O‘zbekenergo” Samarqand viloyatida qo‘yosh stansiyasi qurish bo‘yicha shartnoma imzoladi

“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati xalqaro savdolar yakunlariga ko‘ra GOPA International Energy Consultant GmbH (Germaniya), Suntrace GmbH (Germaniya) va Renewables Academy AG (RENAC) (Germaniya) korxonalari konsorsiumi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda jamiyatning rasmiy sayti orqali axborot berildi.
Shartnoma “Samarqand viloyatida 100 MVt quvvatli quyosh fotoelektrik stansiyasini qurish” loyihasi bo‘yicha imzolandi. Aytilishicha, yuqoridagi konsorsium loyiha ijrosi bo‘yicha konsalting xizmatlarini amalga oshiradi.

Top