10:17 / 17.07.2015
3125

ABC: Di Mariya "Real"ga qaytishni istaydi

"Manchester Yunayted" jamoasining argentinalik yarim himoyachisi Anxel Di Mariya "Real"dan ketganiga afsuslanmoqda.

ABC nashrida yozilishicha, 27 yoshli ushbu futbolchi Madridga qaytishga qarshi bo‘lmaydi.

Di Mariyaning fikricha, "MYu" bosh murabbiyi Lui van Gal uni munosib qadrlamagan. Di Mariya o‘tgan mavsumda yetarlicha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmaganidan norozilik bildirgan.

Shuningdek, u Britaniyada oktabrdan mart oyigacha bo‘lgan muddatda juda erta qorong‘u tushishi mashg‘ulotlarga xalal berishini ta'kidlab o‘tgan.

Top