06:51 / 17.07.2015
6046

Afg‘onistonda tolibonlar Ramazon oyi tugashiga bir kun qolganda masjid imomini o‘ldirishdi

Afg‘onistonda tolibonlar Ramazon oyi tugashiga bir kun qolganda masjid imomi Abdulla Sattorni o‘ldirishdi. Bu haqda Afg‘onistonning Xama Press axborot agentligi xabar bermoqda

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, imom o‘z mav'izalarida “Tolibon” harakati jangarilari tomonidan sodir etilayotgan terrorchilikni qoralab, “jihod” g‘oyasini rad etgan.

Imom Afg‘onistonning shimoli-g‘arbiy qismidagi Farob viloyatining Buxoriy qishlog‘ida o‘ldirilgan.

Top